
"Milan" "Real" bilan muzokaralar o‘tkazmoqda
"Real" va "Milan" klublari hujumchi Braim Diasning transferi masalasida muzokaralar olib bormoqda.
Goal.com nashrining yozishicha, “rossonerilar” 21 yoshli futbolchini sotib oladi yoki yana ijaraga oladi. "Qirollik klubi" Diasning transferini 30 million evroga baholamoqda. Shuningdek, “Real” o‘zaro kelishuvda belgilangan miqdordagi pul evaziga futbolchini qayta sotib olish bo‘yicha ham alohida band qo‘shilishini xohlamoqda.
Braim Dias ortda qolgan mavsum "Milan"da ijara asosida o‘ynadi va 39 uchrashuvda maydonga tushdi. U ushbu bahslarda o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Diasning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar