“Milan” “Real” darvozabonini kutmoqda

  • 27.04.2021 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Milan” klubi rahbariyati jamoaning asosiy darvozaboni Janluiji Donnarummani yangi shartnomaga ko‘ndira olmayapti. Donnarumma yozda klubni tark etishga yaqin. Shu bois, milanliklar uning o‘rniga yangi posbon qidirmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Milan” yozgi transferlar vaqtida “Real”ning  zaxira darvozaboni Andrey Luninni olib kelishga harakat qiladi. Italiyaliklar 22 yoshli ukrainalik  golkiperga rasmiy taklif tayyorlayotgani aytilmoqda.

Lunin Ispaniya chempionatida birorta uchrashuvda maydonga tushgani yo‘q. Kubok bahsda esa “Alkoyano”ga qarshi bahsda “Real” darvozasini qo‘riqlab, ikkita gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!