
"Milan" so‘nggi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi (video)
Italiya A Seriyasining 25-turida “Milan” o‘z maydonida “Udineze”ga qarshi bahs olib bordi.
“San Siro”da kechgan o‘yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. E’tiborlisi, o‘yinda dastlabki golni mehmonlar a’zosi Rodrigo Bekan (68') kiritdi. “Rossonerilar” esa 90-daqiqaga kelibgina Frank Kesse tomonidan kiritilgan gol evaziga muqarrar mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar