
"Milan" ukrainalik futbolchini o‘z safida ko‘rmoqchi
"Atalanta" klubining hujumkor yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiy "Milan"ning short-listiga kiradi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "rossonerilar" mavsumlar oralig‘ida o‘zlarining hujum chizig‘ini kuchaytirishmoqchi va bu borada ukrainalik futbolchi asosiy nomzod sifatida qayd etilmoqda.
“Milan” bundan tashqari Domeniko Berardi ("Sassuolo"), Nedim Bayrami ("Empoli") va Noa Lang ("Bryugge") kabi futbolchilarni ham ko‘z ostiga olib qo‘ygan.
Malinovskiy joriy mavsum "Atalanta" safida jami 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning ayni damdagi transfer narxi 30 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar