
"Milan" uni qo‘yib yubormaydi
Frantsiyalik yarim himoyachi Teo Ernandes “Milan”dan ketmaydi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
22 yoshli futbolchi “rossonerilar” safidagi debyut mavsumidayoq o‘zini ko‘rsata oldi va klub rahbariyatida ijobiy taassurot qoldirdi.
Hozir Ernandesga PSJdan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda, ammo “Milan” uni qo‘yib yubormoqchi emas.
“Milan” Teoni bundan bir yil muqaddam “Real”dan 20 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum A Seriyada 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar