"Milan" uning maoshini 2 barobar oshirmoqchi
“Milan” klubi rahbariyati himoyachi Davide Kalabriyaga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.
“Rossonerilar” 24 yoshli futbolchini tarkibda saqlab qolish uchun uning maoshini 2 barobar oshirishga ham tayyor. Agar tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishsa, Kalabriyaning yillik maoshi 2 mln evroga etadi.
Davide Kalabriya joriy mavsum Italiya A Seriyasida jami 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
“Milan” 36 turdan so‘ng 75 ochko bilan A Seriya musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar