
"Milan" yulduzi Saudiya klubiga o‘tishga yaqin
"Milan" klubining chap qanot himoyachisi Teo Ernandes "Al-Hilol" klubiga o‘tishga yaqin turibdi, deb xabar berdi insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda.
Manbaga ko‘ra, futbolchi transferga rozilik bergan. Unga yiliga 20 million evro maosh taklif qilingan. Hozirda klublar bitimni yakunlash ustida ish olib bormoqda. Yaqin orada kelishuvga erishilishi kutilmoqda.
O‘tgan mavsumda Ernandes barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 6 ta golli uzatma bilan ajralib turgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, Teoning bozor bahosi 40 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar