
“Milan” zo‘r o‘yinchini boy berdi
“Milan”ning etakchi futbolchilaridan hisoblangan Hakan Chalxano‘g‘li klub rahbariyati bilan yangi bitim bo‘yicha bir qarorga kela olmadi. Keyingi paytda milanliklar etakchi futbolchilarning talablarini bajarayotgani yo‘q va bir necha o‘yinchidan ayrilishga yaqin turibdi.
Hozir "Milan" asosiy darvozabon Janluiji Donnarumma bilan ham hamkorlik borasida bir to‘xtamga kela olmayapti. Italiya terma jamoasi posboni ham "Yuventus"ga o‘tadigan bo‘lyapti.
Turkiyalik yarim himoyachiga Italiya va Germaniyadan xaridorlar bor. Endi ular qatoriga Angliya klublari qo‘shildi. “Chelsi” va “Arsenal” 26 yoshli o‘yinchiga asosiy tarkibdan joy bermoqchi va muzokara uchun mutaxassislarini Italiyaga jo‘natishga tayyorlanmoqda.
Chalxano‘g‘li joriy mavsumda A Seriyada 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi.
Fikrlar