"Milan"da Leauga ijtimoiy tarmoqlarni cheklash tavsiya etildi

  • 07.09.2025 18:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Milan" hujumchisi Rafael Leau ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni qisqartirishi lozimligi haqida klubdagilardan maslahat olganini oshkor qildi.

Portugaliyalik vingerning so‘zlariga ko‘ra, bosh murabbiy Massimiliano Allegri va klub egasi maslahatchisi Zlatan Ibragimovich unga ortiqcha chalg‘ituvchi omillardan uzoqroq turishni maslahat berishgan.

"Allegri va Ibragimovich menga ijtimoiy tarmoqlardan kamroq foydalanishni aytdi", — dedi Leau Twitch orqali qilgan chiqishida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!