
"Milan"ga Donnarummaning o‘rnini egallaydigan darvozabon keldi
"Lill" darvozaboni Mayk Menyan rasman "Milan" a’zosiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 25 yoshli frantsuz Italiya klubi bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolagan. U “rossonerilar” safida 16-raqamni tanladi.
Bundan avvalroq "Milan" Menyan uchun Frantsiya chempioniga 13+2 million evro to‘lashi haqida xabarlar tarqalgan edi. Futbolchining yillik maoshi 2,5+0,5 million evro bo‘lishi ham tilga olingan.
Menyan o‘tgan mavsum “Lill” safida Frantsiya chempionatida jami 38 ta o‘yinda ishtirok etdi va shularning 21 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Menyan "Milan"da Janluiji Donnarummaning o‘rnini egallaydi. Italiyalik posbonning yozda klub bilan amaldagi shartnomasi yakunlanadi va u erkin agentga aylanadi.
Fikrlar