“Milan”ga “Jenoa” hujumchisi kerak. U kim ekan?

  • 19 aprel, 2021, 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar vaqtida “Milan” hujum chizig‘ini kuchaytirishga qaror qildi. Ayni paytda mutasaddilar taklif etiladigan futbolchilar ro‘yxatini shakllantirmoqda.

Tecno

Yozda Milanga kelishi mumkin bo‘lgan hujumchilar orasida “Jenoa” vakili Janluka Skamakka ham bor. Italiya yoshlar terma jamoasida ham to‘purarlik qobiliyatini namoyish etayotgan bu futbolchi o‘tgan turda o‘z jamoasi darvozasiga avtogol kiritib qo‘ydi va “Milan” shu orqali uchrashuvni 2:1 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.

“Milan” rahbariyati tuzgan ro‘yxatga Andrea Belotti, Dushan Vlaxovich, Donniel Malen va Memfis Depay ham kiritilgan. Bu futbolchilar orasida Depay asosiy nomzod. Chunki niderlandiyalik to‘purarning “Lion” bilan shartnomasi yakunlanmoqda va yozda u erkin agentga aylanadi.

Qolgan hujumchilar uchun esa, milanliklar transfer badalini to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Shu o‘rinda, Skamakkaga “Yuventus”dan, Depayga “Barselona”dan qiziqish borligini ta’kidlash lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!