"Milan"ni rad etishdi!

  • 10.04.2020 15:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Valensiya" klubi sobiq bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral "Milan"da ishlashni xohlamadi.

Sky Sport Italia nashrining xabar berishicha, “rossonerilar” 54 yoshli mutaxassis bilan o‘zaro hamkorlik qilish masalasida bog‘lanishgan, ammo, undan rad javobini olishgan.

Aytish kerakki, Marselino 2019 yilning 11 sentyabr kuni “Valensiya”dan kutilmaganda iste’foga chiqarildi va u shundan buyon ishsiz hisoblanadi.

“Milan” A Seriyaning ortda qolgan 26 turidan so‘ng musobaqa jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!