
"Milan"ning ikki nafar futbolchisi jarohat oldi
"Milan" klubining ikkita hujumkor futbolchisi kecha A Seriyaning 35-turidan o‘rin olgan "Yuventus"ga (3:0) qarshi o‘yinda jarohat oldi.
Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, Turindagi o‘yinda yarim himoyachi Braim Dias va hujumchi Zlatan Ibragimovich safdan chiqqan. 39 yoshli shvetsiyalik futbolchining tizzasi bezovta qilmoqda, ispaniyalik futbolchining jarohati haqida batafsil ma’lumotlar yo‘q.
Braim joriy mavsum 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Ibragimovich 27 ta o‘yinda ishtirok etdi va 17 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
“Milan” 35 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 72 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. 4-o‘rinda borayotgan “Napoli” hisobida 70 ochko mavjud.
Fikrlar