"Milan"ning sobiq ustozini Turin klubiga taklif qilishmoqchi

  • 10.05.2020 21:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Milan" klubi sobiq bosh murabbiyi Marko Jampaolo tez orada "Torino" boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi mumkin. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, turinliklar 52 yoshli mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma imzolashi mumkin. Ammo, ushbu lavozimga Jampaolodan tashqari Stefano Pioli ("Milan"), Roberto D′Aversa ("Parma"), Ivan Yurich ("Verona"), Leonardo Semplichi (SPAL, sobiq) kabi mutaxassislar nomzodi ham bor.

Ayni damda “Torino”ni Moreno Longo boshqarib bormoqda. Jamoa uning boshqaruvida 4 ta o‘yinning barchasida imkoniyatni boy berdi. To‘plar nisbati esa 3:17.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!