
Millatlar Ligasi. Germaniya o‘z uyida irodali g‘alabaga erishdi, Xorvatiya autsayder maydonida mag‘lub bo‘ldi
UEFA Millatlar Ligasi A divizionining 5-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar yakunlandi.
Jumladan, Germaniya o‘z maydonida Ukrainani qabul qilib, 3:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi. E’tiborlisi, mehmonlar dastlab hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgandi. Ammo bellashuv yakunigacha Lyov shogirdlari 3 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Yana bir qiziqarli uchrashuv Shvetsiya va Xorvatiya jamoalari o‘rtasida kechdi. Autsayder maqomidagi shvedlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritib, Xorvatiyani so‘nggi pog‘onaga ravona qildi. Kelgusi turda mag‘lubiyatga uchragan taqdirda, Zlatko Dalich shogirdlari B ligaga ravona bo‘lishga majbur bo‘ladi.
Fikrlar