Millatlar ligasi. Ispaniya safarda kambek evaziga Xorvatiyani yutgan bo‘lsa, Angliya yirik hisobda Chexiyani taslim qildi

  • 07.10.2026 01:52
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Millatlar ligasining 4-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.

Jumladan, Angliya o‘z uyida Chexiyani qabul qilib, 3:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi. Mazkur bellashuvda Harri Keyn dubly qayd etgan bo‘lsa, yana bir golni Soufal o‘z darvozasiga kiritdi.

Shuningdek, amaldagi Jahon chempionlari Ispaniya safarda Xorvatiya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Dastlab, Perishich hisobni ochdi. Biroq Mikel Merino dubly qayd etib, jamoasiga 3 ochko taqdim etdi.

Qolgan bahslarda qayd etilgan natijalar bilan quyida tanishib chiqing.

Qozog‘iston 2:2 Farer orollari
Albaniya 2:1 San-Marino
Belarus 1:0 Finlyandiya
Lyuksemburg 0:2 Bolgariya
Moldova 0:4 Slovakiya
Estoniya 0:0 Islandiya
Shveytsariya 3:0 Shimoliy Irlandiya
Shotlandiya 1:2 Sloveniya

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!