Milner Lempardga etib oldi

  • 02.04.2023 13:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Liverpul” yarim himoyachisi Jeyms Milner Premer-liganing 29-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi.

Shu tariqa 37 yoshli xavbek APLda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar ro‘yxatida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. O‘yinlari sonini 609 taga etkazgan Milner bu borada Frenk Lempardga etib oldi.

Ayni damda APL tarixida Milnerdan yuqorida Garet Berri (653) va Rayan Giggz (632) joy olgan xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!