Mirazizbek Mirzahalilov yarim finalga yo‘l oldi!

  • 14 may, 15:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Polshaning Varshava shahri "World Boxing" tashkiloti kubogi bahslarining ikkinchi bosqichiga mezbonlik qilmoqda.

Tecno

E’tiborlisi, unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi ham zafarli yurishlarini davom etyapti.

Bugungi bellashuvlarda ringga ko‘tarilgan Mirazizbek Mirzahalilov -55 kg vaznda yarim finalga yo‘l oldi. Bokschimiz bu yo‘lda uelslik Kory Jonesni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ma’lumot uchun, oldinda bizni yana bir hamyurtimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev va Germaniya vakili Ousainou Hansen to‘qnashuvi kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!