
Mirjalol Qosimov AGMK rahbariyatidan iste’fo so‘radi
Toshkentda kechgan uchrashuvda "sherlar" 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Bellashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov klub rahbariyatidan iste’fo so‘rashini ma’lum qildi.
"O‘yinamiz o‘xshamayapti. Har qanday rotatsiyani amalga oshirib ko‘rdim, ammo baribir o‘xshamadi. Rahbariyatdan iste’fo so‘rayman. Ular qanday qaror qilishsa ham qabul qilaman", - dedi Qosimov.
Ma’lumot uchun, olmaliqliklar ortda qolgan 10 turdan so‘ng 7 ochko bilan 12-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar