Mirjalol Qosimov AGMKning kam gol urayotganini Italiyaning shunday yo‘l bilan jahon chempioni bo‘lganiga qiyosladi

  • 28 iyun, 2020, 19:52
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga doirasidagi "Mash’al"ga qarshi o‘yindan keyin AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va dastlab kasb bayramini nishonlagan matbuotchilarni tabrikladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Avvalo Matbuot va OAV xodimlari kuni bilan nafaqat sport jurnalistlari, balki barcha yo‘nalishdagi qalam ahlini kasb bayrami bilan tabriklayman! Boshqa yo‘nalishdagi jurnalistlar ham kerakli xabar va yangiliklarni etkazib, ba’zan bizni biroz futboldan chalg‘itib, dunyo hayoti voqe’liklaridan xabardor qilishadi. Barcha jurnalistlarga avvalo salomatlik, ijodiy barkamollik va ishlariga rivoj tilayman.

"Mash’al" o‘yinni chuqur himoyadan qurishini raqibni o‘rganish jarayonida bilgandik. Shu boisdan ham tarkibda qator o‘zgarishlar, ya’ni rotatsiyalarga qo‘l urdik. Bu rotatsiya taqvim zichligi va shuningdek, raqibning uslubidan kelib chiqib, o‘yinga tanlangan taktikaga ham bog‘liq bo‘ldi. O‘ylaymanki, bugungi rotatsiya o‘zini oqladi. "Mash’al" juda tartibli himoyalanadigan, yaxshi shakllangan jamoa. Bunday jamoalarga qarshi o‘yinda tezkor gol muhim. Tezkor gol raqibning rejasini buzib, chuqur himoyadan chiqishga majbur qiladi va bo‘sh hududlar paydo bo‘lishi mumkin. Shuni o‘ylabmi balki, jamoam birinchi bo‘limda ko‘p shoshqaloqlikka yo‘l qo‘ydi. Shu bois ba’zan xatolar kuzatildi. O‘yinda raqibni ko‘proq to‘psiz qoldirish ko‘rsatma berilgandi. Ikkinchi bo‘limda o‘yin yaxshiroq shakllantirilib, qanotlar yanada faollashdi. "Mash’al"ning bu himoyasini o‘rtadan yorib kirish deyarli imkonsiz edi. Qanotlar orqali xavf tug‘dirish vazifasi qo‘yildi va bu reja yakunda samara keltirdi. O‘ylaymanki, o‘yinda haqli ravishda g‘alaba qozondik. Muhimi - g‘alaba. Ko‘p gol ursa ham, kam gol urib yutsa ham g‘alabaga beriladigan ochkolar soni o‘zgarmaydi.

Futbolda hech narsani avvaldan bilib bo‘lmaydi. Italiya ham vaqtida kam gol urib jahon chempioni bo‘lgan. Guruhdan esa doim durang o‘ynab, arang chiqardi, masalan. Hozirgi kunda vaziyatlardan foydalanish borasida biroz muammo yuzaga kelmoqda. Asosiysi, vaziyatlar yaratilmoqda. Shunday ruhda davom ettirish kerak.

Elguja Grigalashvilining belidagi jarohat bezovta qilmoqda. Qachon tiklanishi noma’lum. "Nasaf" bilan o‘yingacha safga qaytishi qiyin. Ko‘ramiz, - dedi Mirjalol Qosimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!