Mirjalol Qosimov: "Durang adolatli natija"

  • 8 aprel, 2022, 04:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogi doirasida AGMK klubi “Lokomotiv” bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi. Ushbu bellashuvdan so‘ng, olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov o‘yin xususida fikr bildirdi.

Tecno

- Shiddatli, tezkor va qarama-qarshi hujumlarga boy uchrashuv ko‘rdik. O‘ylaymanki, durang adolatli natija bo‘ldi. Bizda ham, "Lokomotiv"da ham bir qancha qulay imkoniyatlar kuzatildi. Hech qanday vaqt cho‘zishlarsiz, yuqori tempdagi qiziqarli uchrashuv guvohiga aylandik. Hech bir jamoa ikkinchi raqam ostida o‘ynamadi.

Biz har xil taktik uslublarni sinab ko‘ramiz. Bugun ham jamoa yangi taktikada o‘yinni boshlab, keyin uchrashuv davomida sxemani o‘zgartirdik. Chempionat davomida 2 yoki kerak bo‘lsa 3 hujumchi bilan ham o‘ynab ko‘ramiz. Bugun yangi taktikani sinovdan o‘tkazdik. Mavsum boshidanoq kutilmaganda jarohatlar kuzatila boshlandi. Diskvalifikatsiya va jarohatlar ko‘p bo‘ldi. Sekin-asta to‘liq tarkib bo‘lyapmiz. Vaziyatdan kelib chiqib, mavsum davomida har xil taktik uslublarni tadbiq etamiz".

AGMK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!