Mirjalol Qosimov: "G'alaba qozonganimiz ikki karra quvonarli"
Superliganing 8-turida OKMK oʻz uyida “Buxoro”ni 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Oʻyindan keyingi matbuot anjumanida olmaliklar ustozi Mirjalol Qosimov oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
- Qisqa fursatdan keyin oʻz maydonimizga qaytdik. Bugun gʻalaba qozonganimiz ikki karra quvonarli. Nimagaki, “Buxoro” ham yaxshi jamoa, shakllantirilgan. Albatta, koʻp kurashlarga boy oʻyin boʻldi. 2:0 hisobida yutib turishimizga qaramasdan “Buxoro” oxirigacha kurashib, birinchi boʻlimni oʻzida hisobni tenglashtirdi. Qoyil qolish kerak. Ikkita standartdan gol urib oʻyinni yanada qiziqarli koʻrinishga keltirdilar.
Ikkinchi boʻlimda yigitlarimiz oʻyinga qoʻshishdi va omad biz tomonda boʻldi. Bizni qoʻllab kelayotgan muxlislarimizga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. “Buxoro”ga keyingi uchrashuvlarda omad. Raqibni kuchli tarafi aytganimdek, standartlar, jarima zarbalari, burchak toʻplari, aut...Bundan oldingi oʻyinlarda ham adashmasam “Navbahor”ni ham standartdan urilgan gol orqali yutib ketgandi. Bu oʻyin tarixda qoldi va endi keyingi bahslarga jamoani tayyorlash kerak.

Fikrlar