Mirjalol Qosimov: Hozir hamma futbol o‘ynashni o‘rganib olgan

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan AGMK – “Bunyodkor” (2:0) bahsidan so‘ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugun maydonda bir-biriga munosib bo‘lgan ikki jamoa harakat qilishdi. Qiziqarli, shiddatli, kurashlarga boy bahs bo‘ldi. Bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga va shijoat bilan o‘yin ko‘rsatgan yigitlarga rahmat aytaman.

Birinchi va ikkinchi turda ilk daqiqalardan bunday o‘yin ko‘rsata olmayotgan edik. Hozirgi futbolda fikrlash, texnika ikkinchi o‘ringa tushgan. Bugungi kunda hamma  futbol o‘ynashni o‘rganib olishgan. Avvalo shijoat, intilish, harakat qilish kerak. G‘alabadan xursandman”, – dedi Qosimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rustam Raxmatullaev
13/03/2020 21:10
MTJ hammi