Mirjalol Qosimov: "Neftchi" APL jamoalaridek o‘ynadi

  • 17 mart, 2018, 22:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston Superligasida 3-tur o‘yinlari davom ettirildi. Farg‘onaning "Neftchi" klubi o‘z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Tecno

Mazkur  uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida "qaldirg‘ochlar" ustozi Mirjalol Qosimov va himoyachi Rustamjon Ashurmatovlar ishtirok etishdi. Bu haqda "Neftchi" matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Assalomu alaykum xurmatli jurnalistlar! Birinchi o‘rinda kirib kelayotgan “Navro‘z” bayrami bilan barchani tabriklayman. Bahs shiddatli va kurashlarga boy o‘tdi. Vodiyda o‘ynash doim qiyin kechgan. Chunki “Neftchi” o‘z muxlislari qarshisida to‘p surib, faqat g‘alaba uchun intiladi. Baland pavroz gaplar emasku, lekin “Neftchi”ni o‘yini menga APL jamoalarining o‘yinini eslatib yubordi. Oxirigacha raqobat, uzun uzatmalar, muxlislarni xursand qilish uchun harakat va kurashuvchalik bor. Og‘ir o‘yin bo‘ldi. Shogirdlarimga rahmat. Chiroyli futbol evaziga muhim g‘alabaga erishdik", - deb aytib o‘tdi Qosimov.

Rustam Ashurmatov: O‘yin juda qiyin kechdi. Avvaldan bahs shunday ruhda kechishini sezgandik. Himoyada ham hujumda ham murabbiylarning ko‘rsatmalariga binonan harakat qildik. “Neftchi” jamoasiga esa keyingi o‘yinlarga omad tilayman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!