Mirko Yelichich: "Hozircha "Neftchi" bilan darajamiz bir xil emas"

  • 20.03.2026 22:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Superliganing 4-turida "Neftchi" "Lokomotiv"ni Farg'onada 3:1 hisobida taslim qildi. Ushbu bellashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mirko Elichich matbuot anjumanida qatnashdi.

- Avvalo barchani Ramazon Hayiti bayrami bilan tabriklayman. Shunday yaxshi kunda futbol o'ynadik va o'yin muxlislarga yoqdi, deb o'ylayman. Biz o'z muxlislarimizga chiroyli natijani sovg'a qilmoqchi edik, ammo o'xshamadi. Ikkala jamoa ham bugun futbol o'ynadi. Ba'zan shunaqa xatolar uchrab turadi, o'zimizning xatolar tufayli mag'lub bo'ldik.

"Neftchi"ning o'z maydonida to'p tepishi raqibga kuch bag'ishladi. Hozircha "Neftchi" bilan darajamiz bir xil emas va buni to'g'ri tushunish kerak. "Neftchi" yildan-yilga kuchayapti, o'tgan mavsum chempionlikni qo'lga kiritdi. Bunday jamoalar ko'payishi o'zbek futboli rivojiga turtki beradi. Biz ham shu darajaga chiqishga harakat qilamiz.

- Bugun zahiradan tushgan futbolchilar o'yin taqdirini hal qildi. Bu haqida fikringiz?

- Muntazam ijobiy natija ko'rsatish uchun biz ham zahiramizni shu darajaga olib chiqishimiz kerak. Buning uchun harakat qilyapmiz, chunki Superligada talab shunaqa. O'zbekiston terma jamoasining zahirasi kuchli bo'lgani uchun ham jamoa kuchli. "Neftchi"dan bir nechta futbolchi termaga nomzod, lekin biz o'yin oldidan bunga e'tibor qaratmadik. Ular qaysi tarkibni tushiradi, qanaqa futbol o'ynaydi... Bizning o'z vazifamiz bor va shunga qarab ish tutamiz. Hozirgi holatda zahiramizning kuchi shu. Birgalikda ishlab tajriba orttirib boramiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!