Mirko Elichich: "Raqibga gap yo‘q"

  • 11.05.2026 05:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Lokomotiv" Oʻzbekiston Kubogini magʻlubiyat bilan boshladi. Jamoa safarda pro liga vakili - "Lochin"ga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Oʻyindan keyin "Lokomotiv" ustozi Mirko Elichich oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

- Raqibga gap yoʻq. Ular jismonan yaxshi futbol namoyish qilishdi. Shuni hisobga olgan holda kurashlarga tayyor turgandik. Magʻlub boʻlish alamli. Demak, ruhan ushbu oʻyinga tayyor boʻlmaganmiz. Ikkinchi boʻlimda anchagina qoʻshgandik, biroq bu ham yetmadi. Bizning oʻyin sifatimiz esa oʻzimiz istagandek boʻlmadi.

- "Lochin"ni himoyasi haqida fikrlaringiz. Raqib jamoa qanday himoyalandi?

- Yaxshi, yomon emas. Ularda tezlik bor, yaxshi kurashishdi. Bizda koʻplab vaziyatlar boʻldi, biroq ular gol oʻtkazishmadi. Bir vaziyatda fol berilishi kerak edi, lekin bu ham boʻlmadi. Jismonan kuchli futbolchilar yaxshi kurashishdi.

- "Lokomotiv"ning ushbu mavsumda urgan gollaridan oʻtkazgan gollari koʻproq. Buning sababi nimada?

- Biz jamoaviy oʻyin koʻrsatyapmiz. Raqibning barcha harakatlarini ham oʻqib boʻlmaydi. Oʻtkazib yuborilgan gollarni koʻrish oson. Biroq oʻyinning oʻzidan kelib chiqadigan boʻlsak, koʻplab qirralarimiz ochilmoqda. Bizda tarkibdagi barcha futbolchilar oʻz nuqtalariga javob berishadi. Oʻtkazib yuborgan gollarimizning yarmi standartdan. Bu yaxshi emas. Bu tomonni ham yaxshilashga harakat qilyapmiz. Buning uchun koʻproq mehnat qilish kerak.

- Oʻtgan oʻyindan keyingi matbuot anjumanida kubok oʻyinlari orqali jamoani xalqaro maydonga qaytarishni istayotganingizni aytgandingiz. "Lokomotiv"ning kubokdagi maqsadi qanday? Jamoaning kubok orqali OChLga chiqishiga ishonasizmi?

- Bu musobaqada barchaning imkoniyati bor, hattoki "Lochin"da ham. Kubokda istalgan raqib tushib qolishi mumkin. Eng muhimi shu uch oʻyin. Ayrim jamoalar bu bahslardan keyin charchoq alomatlarini his qilishi va xohlagan natijalar qayd etilishi mumkin. Bu esa qilingan mehnatlarni yoʻqqa chiqaradi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!