Misr terma jamoasi Rossiya bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
Misr terma jamoasi Rossiya termasi bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi. Bu haqida Misr futbol assotsiatsiyasi rasmiy vakili Valid El Attar xabar bemoqda.
Rasmiy vakilning xabar berishicha, Misr terma jamoasiga Muhammad Saloḥ jalb qilingan va u mazkur bahsda asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda. Bellashuv 29 may kuni Misr poytaxti Qohira shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Misr terma jamoasi Jahon chempionatida "G" guruhidan joy olgan.

Fikrlar