MLS ham qachondan davom etishi ma’lum bo‘ldi

  • 19.03.2020 22:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Shimoliy Amerika futbol ligasi - MLS 10 maydan davom ettiriladi. Bu haqda Yahoo xabar tarqatmoqda.

Nashrning ma’lum qilishicha, liga rahbariyati kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish markazining tavsiyasiga ko‘ra ish qiladi. Hozirda MLS koronavirus sabab bir oy muddatga to‘xtatib qo‘yilgan.

Ta’kidlash kerakki, MLS boshlanganiga hali uncha ko‘p bo‘lmagan edi. Jamoalar bor yo‘g‘i 2 ta turni o‘tkazishdi.

Ma’lumot uchun, ayni damda AQShda 10 mingdan ortiq inson COVID-19 virusni yuqtirib olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!