MLS. Messi va De Paulning gollari "Inter Mayami"ga g'alaba keltirdi
MLS chempionatining 3-turi doirasida "Inter Mayami" safarda "Di Si Yunaited" ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Mayamiliklar safida Lionel Messi va Rodrigo De Paul gol urib, jamoasining 3 ochko qoʻlga kiritishini taʼminladi. Eʼtiborliisi, mazkur bahsda Messi faoliyatidagi 899-golini kiritdi.
Shu tariqa, Xavyer Maskerano shogirdlari oʻz ochkolari sonini 6 taga yetkazib oldi.
Fikrlar