MMA afsonasi Jon Jons endi umuman jang qila olmaydi!

  • 04.02.2026 11:49
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

MMA afsonasi Jon Jons sog‘lig‘idagi jiddiy muammolar sabab kurash qoidalari bo‘yicha hamyurti Daniel Kormye bilan jang qila olmasligini e’lon qildi.

"Menda og‘ir artrit bor, ko‘pchilik buni bilmaydi. Chap son bo‘g‘im butunlay artrit bilan og‘riyapti... O‘tgan mashg‘ulot yig‘inida kuchli og‘riq bilan yotishga majbur bo‘ldim. Mening uch yoshli o‘g‘lim bor va men u bilan o‘ynashim uchun o‘zimni asramoqchiman", – dedi UFC afsonasi "Bloody Elbow" nashriga.

Ma’lumot uchun, Jon Jons professional MMA rekordida 28 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat va 1 ta bekor qilingan bahs bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!