MMA boksdan nima uchun ko‘ra qiziqarliroq?

  • 14.02.2026 22:28
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

UFC shon-sharaf zali a’zosi Daniel Kormye MMA ni boksdan nima uchun qiziqarliroq deb bilishini tushuntirdi.

"Boks endi unchalik qiziqarli emas. MMA undan o‘zib ketdi. Ayni damda boksda Muhammad Ali, Mayk Tayson, "To‘rt qirol" (Shugar Rey Leonard, Marvin Hagler, Tomas Hirns, Roberto Duran) va Lennoks Lyuis davridagi kabi dinamika yo‘q. Afsusk, bu haqiqat", – dedi Kormye o‘zining You Tube kanalida.

Ma’lumot uchun, zamonaviy boks 17-19 asrda, zamonaviy MMA esa o‘tgan asrning 90 yilllarida paydo bo‘lgan.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!