MMA faxriysi daryoda cho‘kib ketdi
Aralash yakkakurashlar faxriysi, 45 yoshli Jeronimo dos Santos Amazonkaning Rio-Negru daryosida cho‘milganidan so‘ng bedarak yo‘qoldi. Uning jasadi dushanba kuni ertalab Amazonas shtati o‘t o‘chirish xizmati g‘avvoslari tomonidan topilgan.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, qidiruv guruhi "Mondragon"ni dunyodagi eng yirik daryolardan biri bo‘lgan Rio-Negra daryosi tubida qoyalar ostida qolib ketgan holda topgan.
Dos Santos so‘nggi marta joriy yilning aprel oyida BKFC musobaqasida UFC faxriysi Aleksey Oleynikni birinchi raundda nokautga uchratib, sensatsion g‘alabaga erishgan edi.
"Mondragon" MMA bo‘yicha 72 ta jang o‘tkazib, Dion Staring, Antonio Mendes, Ildemar Alkantara va Assuerio Silva kabi jangchilar ustidan 45 ta g‘alabaga erishgan.
Braziliyalik sportchi 2012 yilda "UFC 153" turnirida ishtirok etish uchun UFC bilan shartnoma imzolagandi.
Fikrlar