MMA muxlislari Aldjameyn Sterlingga jiddiy e’tiroz bildirdi
Bir necha kun avval MMA muxlislari "Sterlingning zarbalari faqat statistikani to‘ldiradi, haqiqiy ta’siri esa yo‘q”, deya e’tiroz bildirgan edi. Bugun Aldjameyn ushbu tanqidlarga ijtimoiy tarmoq orqali javob qaytardi.
“Agar kimdir Movsar Evloev menga uch raundda 100 ta zarba berdi deb o‘ylasa, demak, u yoki mast, yoki nafratdan ko‘r bo‘lib qolgan”, — deb yozdi amerikalik.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 310" turnirida Movsar Sterlingni hakamlarning yakdil qaror bilan mag‘lubiyatga uchratgan edi. Evloev o‘sha jangda 136 ta, Sterling esa 45 ta zarba yo‘llagan.
Fikrlar