
MMA tarixidagi eng buyuk jangchi kim? Aleks Pereyra javob berdi
Yarim og‘ir vazn toifasida (93 kg) amaldagi UFC chempioni braziliyalik Aleks Pereyra kimni aralash yakkakurashlar tarixidagi eng yaxshi jangchi deb hisoblashini aytdi.
“Jon Jons MMA tarixidagi eng buyuk jangchi. Dana Uayt aytganidek, u haqiqiy erkak", - deb Pereyraning so‘zlarini keltirdi "Bloody Elbow" portali.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 285" turnirida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Jons (27-1-1 N/C) frantsiyalik Siril Gan(12-2)ga qarshi oktagonga chiqib, uni birinchi raunddayoq mag‘lub etgandi.
Fikrlar