MMA tarixidagi eng yaxshi besh nafar jangchi kim?

  • 06.11.2025 19:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC ning yarim o‘rta vazn (77 kg) chempioni Jek Della Maddalena aralash jang san’ati tarixidagi eng buyuk jangchilar beshtaligini sanab o‘tdi.

“Men bu ro‘yxatga Jon Jons, Bi-Jey Penn, Jorj Sen-Per va, albatta, Anderson Silvani qo‘shgan bo‘lardim. Yana bitta kerakmi? Ehtimol, bu Fyodor Emelyanenko. U o‘z davrida mutlaq hukmron edi”, — dedi avstraliyalik "FREESTYLEBENDER" You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Fyodor Emelyanenko ayni damda 49 yosh. U 2000 yilda professional MMAda debyut qilgan va 2023 yilda faoliyatini yakunlagan. Rossiyalik jangchining rekordida 40 g‘alaba va 7 mag‘lubiyat mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!