MMA terma jamoamiz Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Xitoyga jo'nab ketdi

  • 05.01.2026 13:36
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Bugun O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi terma jamoasi MMA bo‘yicha uchinchi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasining Luzhou shahriga jo‘nab ketdi.

Delegatsiyamiz tarkibi: 13 nafar atlet, 3 nafar murabbiy, 2 nafar xalqaro toifali hakam va delegatsiya rahbari sifatida assotsiatsiya bosh kotibi Hojiakbar Hakimov va Xalqaro bo‘lim boshlig‘i Suxrob Ro‘zimatov.

Ushbu chempionatda ayollar 49, 54, 60 va 69 vazn toifalarida; erkaklar 56, 60, 65, 71, 77, 85, 96 va 120+ vazn toifalari qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, MMA bo‘yicha uchinchi Osiyo chempionatida ishtirok etuvchi atletlar 2025 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston Kubogi”da birinchi o‘rin egallagan sportchilar hisoblanadi. Bu haqida O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida xabar berildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!