
MMAchilarimiz Qirg‘izistonda g‘olib bo‘lishdi
24 avgust kuni MMA bo‘yicha Qirg‘izistonning Naryn shahrida “WEF Selection” turniri bo‘lib o‘tdi. Mazkur jang oqshomida hamyurtlarimiz ham ishtirok etdi.
Quvonarlisi, 71 kgda oktagonga chiqqan Nurullo Dexqonov mezbonlar vakilini texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, 66 kgda Shaxzod Ravshanov ham qirg‘izistonlik raqibiga og‘riqli uslulni qo‘llab, muddatidan avval g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz: Mazkur turnirda o‘zbek MMA olamining taniqli vakili Mansur Tugizboev referi sifatida ishtirok etdi.
Fikrlar