MMAning mashhur  jangchisini mashina bosib ketdi

  • 5 iyun, 2020, 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Aralash jang san’atlari ustasi Vanderley Silvani Kuritibada mashina bosib ketdi. Bu mash’um voqea sportchi velosipedda sayrga chiqqanida yuz berdi. Haydovchi uni darhol kasalxonaga etkazdi. Silvaning o‘ng oyog‘i singani va yuzidan jarohat olgani aniqlandi.

- Halok bo‘lishimga bir bahya qoldi. Himoya shlemida bo‘lmaganimda voqea fojiali tugashi mumkin edi. Odamlardan ehtiyot bo‘lishni so‘rayman. Ayniqsa, Kuritibada sayrga chiqish xavfli ekan, - dedi Vanderley Silva.

Mashhur sportchi 2018 yildan buyon oktagonga chiqmayotgandi. Unga professional boks yulduzi Mayk Tayson bilan jang qilishni taklif etishayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!