Modrich ham Saudiyaga ketishi mumkin!
"Real Madrid"ning asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan faxriy yulduzi Luka Modrich Evropaning boshqa yulduzlaridan o‘rnak olib, Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l olishi mumkin.
"Todofichajes" nashrinig ma’lum qilishicha, Saudiya klublardan birining vakillari allaqachon xorvatiyalik futbolchi bilan uchrashib, u bilan hamkorlikni muhokama qilishgan. Lukaga MLSdan ham taklif bor, unga "Inter Mayami" qiziqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Modrichning "Real" bilan amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi.
Fikrlar