
Modrich koronavirus bilan kurashda Xorvatiyaga yordam qildi
"Real" hamda Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich koronavirusga qarshi kurashda o‘z vatani - Xorvatiyaga yordam qo‘lini cho‘zdi.
Futbolchi Zadar shahridagi shifoxonasi uchun kompyuter tomografiyasi mashinasini sotib olishda yordam ko‘rsatdi. Yaqin fursatlar ichida mazkur qurilma AQShdan keltirilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, bunday tomografiya usukunasi etkazib berilishi bilan taxminan 100 ming evroni tashkil etadi.
Fikrlar