Modrich “Manchester Siti”dagi do‘stini o‘z jamoasiga chaqiryapti

  • 24.10.2025 17:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real”da uzoq yillar muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatgan Luka Modrich yozda shartnomasi yakunlanganidan keyin “Milan” tarkibiga borib qo‘shilgan edi.

Italiya super klubi tarkibini kuchaytirish maqsadida “Manchester Siti” yarim himoyachisi Mateo Kovachichni transfer qilmoqchi. Milanliklar bu o‘yinchini olish uchun Xorvatiya terma jamoasi u bilan yonma-yon o‘ynagan va do‘stlik munosabatlarini saqlab kelayotgan Luka Modrich yordamidan foydalanishni rejalashtirgan.

Xosep Gvardiola jamoasida Mateo Kovachich doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Qolaversa, “shaharliklar” tarkibida avlodlar almashinuvi davom etmoqda. Xosep Gvardiola asosan yoshlardan tarkib topgan yangi loyiha bo‘yicha ishlashni ma’qul ko‘rmoqda.

31 yoshli Kovachichning manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha davom etadi. “Manchester Siti” katta ehtimol bilan unga yangi bitim bermaydi. Shu bois, “Milan” yozda Kovachichni maqbul narxda xarid qilishga bel bog‘lagan.

Bir necha klublar nishonida turgan Kovachichni “Milan”ni tanlashga Luka Modrich ko‘ndirib berishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!