Modrich «Oltin to‘p» favoriti haqida gapirdi

  • 06.09.2026 18:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Milan» yarim himoyachisi Luka Modrich 2026 yildgi «Oltin toʻp» uchun asosiy daʼvogʻar kim, degan savolga munosabat bildirdi.

Xorvatiya terma jamoasi sardorining taʼkidlashicha, hozircha bu mukofotni kim qoʻlga kiritishini oldindan aytish qiyin, shuningdek u kimdirni alohida ajratib, eng munosib deb atashni istamasligini bildirdi.

«Gʻolibni muxlislar ovoz berib aniqlashadi. Nomzodlar juda koʻp — ham «Real»dan, ham boshqa jamoalardan. Kutamiz, kim yutishini koʻramiz. Men hozircha hech kimning ismini tilga olmaslikni afzal bilaman», — deya Modrichning soʻzlarini keltiradi Madrid Universal oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Hozircha «Oltin toʻp» uchun asosiy favorit sifatida «Bavariya» hujumchisi Garri Keyn koʻrilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!