
Modrich "Real"da qoladimi? Klub prezidenti bu savolga javob berdi
"Real" Madrid prezidenti Florentino Peres yozda shartnomasi yakunlanadigan xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrichning jamoadagi taqdiri haqida gapirdi.
“Modrich “Real” bilan shartnomasini uzaytirib bo‘ldi”, - dedi 74 yoshli funktsioner.
Ammo hozircha Peresning so‘zlari rasman tasdiqlanmagan. Aniqrog‘i, Modrichning shartnomasi uzaytirilgani klub tomonidan rasman e’lon qilinmadi.
35 yoshli Modrich joriy mavsum “Real” safida jami 41 ta o‘yinda maydonga tushdi. Luka ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar