Modrich Xorvatiya terma jamoasi tarixiga kirdi

  • 25.03.2021 10:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich “JCh-2022” saralashidan o‘rin olgan Sloveniyaga (0:1) qarshi o‘yinda ishtirok etdi.

E’tiborlisi, 35 yoshli “Real” futbolchisi milliy terma jamoadagi o‘yinlari sonini 134 taga etkazib oldi va bu borada Dario Srnani ortda qoldirib, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Modrich Xorvatiya terma jamoasida 2006 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning hisobida 16 ta gol mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Xorvatiya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 27 mart kuni Kiprga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!