
Mojaro davom etadi. Keyn baribir “Tottenxem”ga qaytmaydi
“Tottenxem” rahbariyati ta’tildan chiqib, jamoa mashg‘ulotlariga qaytmagan Harri Keynni jazolash maqsadida jarimaga tortgan edi.
Lekin klub xo‘jayinlarining bu qarori vaziyatni yanada murakkablashtirdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Harri Keyn bu masala bo‘yicha aniq pozitsiyasiga ega. U rahbariyat va’dasiga vafo qilib, uning “Manchester Siti”ga o‘tishiga to‘sqinlik qilmasligini kafolatlamagunicha klubga qaytmasligini uqtirmoqda.
Harri Keyn “Manchester Siti” bilan besh yillik shartnomani kelishib bo‘lgan. Unga ko‘ra, “shaharliklar” 28 yoshli to‘purarga yiliga 21 million evro maosh taklif qilyapti.
“Tottenxem” tarbiyalanuvchisi hisoblangan Harri Keyn o‘tgan mavsumda jami 49 ta uchrashuvda qatnashib, 33 ta gol va 17 ta golli pas muallifi bo‘ldi. U sovrinlar uchun kurashadigan jamoada o‘ynash istagini bildirmoqda.
Fikrlar