"Monako" - "Marsel" 3:4 (video)
Kecha Frantsiya chempionatining 5-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Jumladan, shu kuni musobaqa autsayderi hisoblangan “Monako” o‘z maydonida “Marsel”ni qabul qildi.
Gollarga boy kechgan uchrashuv 3:4 hisobida marselliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Marsel” 10 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, hisobida bor yo‘g‘i 2 ochko bo‘lgan “Monako” 19-o‘rinda qoldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar