"Monako" bosh murabbiyi: "Muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik"
Adi Hyutter 5:1 ko‘rinishidagi g‘alabadan keyin nimalar dedi?
"Monako" klubining bosh murabbiyi Adi Xyutter UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi "Tsrvena Zvezda" ustidan qozonilgan yirik hisobli g‘alabaga baho berdi.
"Bu biz uchun juda muhim uch ochko edi. Brel Embolo o‘z golini kiritganidan juda xursandman. Uchta o‘yinda etti ochko jamg‘ara oldik. Lekin biz o‘zimizni ko‘p yaxshi holatda deb o‘ylamaymiz. Ha, biz yaxshi holatda bo‘lishimiz mumkindir. Lekin oldinda juda qiyin raqiblar kutib turibdi", - dedi "Monako" ustozi.


Izohlar (0)