«Monako» Kamarani «Liverpul»ga qo‘yib yuborishni istamaydi
«Monako» rahbariyati Lamin Kamarani kamida kelasi yozgacha saqlab qolishni rejalashtirmoqda, garchi unga «Liverpul» qiziqsa ham.
«Monako» yarim himoyachisi Lamin Kamara joriy mavsum oxirigacha jamoada qolishi mumkin. Bu haqida CaughtOffside nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, uni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirgan «Liverpul» yanvar oyida amalga oshishi mumkin bo‘lgan transfer yuzasidan futbolchi bilan dastlabki muloqotni o‘tkazgan. Shu bilan birga, «Monako» rahbariyati Kamarani kamida kelasi yozgacha saqlab qolish niyatida. Klub uning bozor qiymati tez sur'atlarda o‘sishini, unga da'vogarl jamoalar soni esa yanada ko‘payishini kutayotgani aytilmoqda.
22 yoshli Lamin Kamara bu mavsum barcha musobaqalar doirasida yettita o‘yinda maydonga tushdi, bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va bir golli uzatma muallifiga aylandi.

Izohlar (0)