“Monako”ning birdaniga ikki transferi barbod bo‘ldi
Frantsiyaning “Monako” klubi hujumchisi Folarin Balogunning “Everton”ga transferi yakuniy bosqichda barbod bo‘ldi. Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, fransuz klubi bitim bekor qilingani haqida allaqachon ma’lumot olgan.
Vaziyat Lamin Kamaraning “Chelsi”ga transferi bilan bevosita bog‘liq.
Avvalroq London klubi “Monako” bilan senegallik yarim himoyachini 55 million yevro evaziga xarid qilish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan edi.
Biroq Balogunni sotish bo‘yicha kelishuvga erishilgandan keyin monegasqlar o‘z rejalarini qayta ko‘rib chiqdi va Kamara bo‘yicha kelishuvdan voz kechib, futbolchini jamoada olib qolishga qaror qildi.
Ko‘p o‘tmay, Balogunning “Everton”ga transferi ham amalga oshmay qoldi.
Shunday qilib, “Monako” so‘nggi lahzada birdaniga ikkita transfer qaroridan voz kechdi: Kamara jamoada qoladi, Balog‘uni esa “Everton”ga sotilmaydi. Hujumchi transferining bekor qilinishi sababi hozircha ma’lum emas.

Fikrlar