“Monstr”ga qarshi yana bir “yirtqich”! Tokioda bizni katta to‘qnashuv kutyapti

  • 26.04.2026 06:56
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

55,3 kg vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya "Monstr" Inoue 2 may kuni Tokioda Junto Nakataniга qarshi ringga ko‘tariladi.

"The Day" tashkilotchilari tomonidan e’lon qilingan qarama-qarshilik "Yaponiya boks tarixidagi eng yirik voqealik" bo‘lishi aniq. Hozirga qadar 55 000 o‘ringa ega arenaning kirish chiptalari to‘liq sotildi.

Ma’lumot uchun, ikki bokschi ham mag‘lubiyat alamini hozircha tatib ko‘rmagan. Inoueda 32 ta g‘alaba (27 tasi muddatdan avval), Nakataniда esa 32 ta g‘alaba (24 tasi muddatdan avval) mavjud. Naoya "The Ring" jurnali tomonidan tuzilgan P4P reytingida ikkinchi, Nakatani esa oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!